Yangiliklar
XALQARO KITOBXONLIK VA ADABIYOT BAYRAMIGA MARHAMAT!
E’lon qilingan sana:

Ilk bor Farğonada ötkazilayotgan Xalqaro Kitobxonlik va Adabiyot bayramiga ijodkorlar, kitobsevarlar, yoşlar va barça qiziquvçilarni taklif etamiz!
29-30-31-oktyabr kunlari Farğona, Marğilon va Qöqon şaharlarida bölib ötadigan festivalda sizni butunjahon kitob körgazmalari, xalqaro ijodiy uçraşuvlar va muşoira, taqdimotlar, milliy hunarmandçilik körgazmalari, zakovat öyini kabi bayramona ma’rifiy tadbirlar kutmoqda.
Xalqaro tadbirning oçiliş tantanasi 29-oktyabr kuni soat 16:00da yangi mavze – “Burhoniddin Marğinoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida bölib ötadi.
Festival doirasida Özbekiston Qahramoni Erkin Vohidov tavalludiga 90, ustoz adib Tilavoldi Jörayev tavalludiga 80, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Farida Afröz hamda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi Bahodir Iso tavalludining 70 yil yilligi munosabati bilan yirik anjuman va xotira keçalari ötkaziladi.
Milliy adabiyotimiz namoyandalarining xotira tadbirlari 30-oktyabr kuni soat 9:30da Farğona davlat universitetining Pedagogika fakulteti binosida hamda 15:30 da Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida; taniqli şoira Farida Afröz bilan ijodiy uçraşuv 31-oktyabr soat 10:00 da Qöqon drama teatrida bölib ötadi.
Ellarni, dillarni birlaştiruvçi olamşumul bayramda biz bilan birga böling!!!
Batafsil ma'lumot oliş uçun boğlanıng: +998999729887
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Farğona viloyati bölimi
