Yangiliklar
9–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Robo-Coding” olimpiadasining maktab bosqichi uchun dasturlash bo‘yicha
E’lon qilingan sana:
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 9–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Robo-Coding” olimpiadasining maktab bosqichi uchun dasturlash bo‘yicha
MASALALAR
1-masala: Sonni raqamlarga ajratish va ularning ko‘paytmasini topish
Shart: Kiritilgan butun sonning barcha raqamlarini alohida ajratib oling va ularning ko‘paytmasini hisoblang. Agar son nol bo'lsa, natijada "0" chiqishi kerak.
2-masala: Satrni qayta tartiblash
Shart: Berilgan satrdagi faqat harflarni alfavit tartibida tartiblang, raqam va boshqa belgilar o‘z o‘rnida qolsin.
Masalan:
Kiritish: "a1c2b"
Chiqish: "a1b2c"
3-masala: Fibonachchi raqamlarini juft va toq bo‘lishi bo‘yicha ajratish
Shart: N-chi elementgacha bo‘lgan Fibonachchi sonlar ketma-ketligini toping hamda juft va toq sonlarni alohida ajrating. Fibonachchi ketma-ketligi 0 va 1 bilan boshlanadi, keyingi sonlar oldingi ikkitasining yig‘indisiga teng.
4-masala: Maxsus raqamlar
Shart: 1 dan N gacha bo‘lgan sonlar orasidan faqat raqamlar yig‘indisi va raqamlar ko‘paytmasi bir-biriga teng bo'lgan sonlarni aniqlang.
5-masala: Robotni maqsadli nuqtaga yetkazish
Shart: Robot kvadrat tarmoq ichida joylashgan. Tarmoqda robotning boshlang'ich nuqtasi va maqsad nuqtasi berilgan. Robot maqsadli nuqtaga faqat yuqoriga, pastga, chapga yoki o‘ngga harakatlanib yetib borishi kerak.
Robotni harakatlantirish uchun quyidagi harakatlar mavjud:
- "U" - yuqoriga harakat
- "D" - pastga harakat
- "L" - chapga harakat
- "R" - o‘ngga harakat
Vazifa: Robotni maqsad nuqtasiga yetkazish uchun minimal buyruqlar ketma-ketligini toping va robotni bu buyruqlar orqali harakatlantiring.
Kiritish:
- Tarmoq o‘lchami N×N.
- Robotning boshlang'ich nuqtasi (x1, y1) va maqsad nuqtasi (x2, y2) koordinatalari beriladi.
Chiqish:
- Robotni maqsad nuqtasiga minimal harakatda olib boruvchi buyruqlar ketma-ketligini chop eting.
Agar kirish:
N = 5
Boshlang'ich nuqta: (0, 0)
Maqsad nuqtasi: (3, 3)
Chiqish:
Harakatlar: R R R D D D
