Yangiliklar
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 5–8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Robo-Coding” olim
E’lon qilingan sana:
MASALALAR
1-masala: Juft va toq sonlar farqi
Shart: 1 dan N gacha bo‘lgan sonlar orasidagi barcha juft sonlar yig‘indisini toq sonlar yig'indisidan ayirib chiqaring. N musbat butun son sifatida kiritiladi.
2-masala: Harflarni tartiblash
Shart: Berilgan so‘zdagi harflarni alfavit tartibida joylashtiring.
3-masala: Robotning burilish harakati
Shart: Robot boshlang‘ich nuqtadan (0, 0) harakatlana boshlaydi. Har bir komandada robot bir qadam chapga, o‘ngga, yuqoriga yoki pastga harakat qiladi ('L', 'R', 'U', 'D'). Berilgan komandalar ketma-ketligi asosida robotning yakuniy koordinatalarini aniqlang.
4-masala: Maksimal bo‘linuvchilar soniga ega son
Shart: 1 dan N gacha bo‘lgan sonlar orasidan eng ko'p bo'linuvchiga ega bo‘lgan sonni toping.
5-masala: Foydalanuvchi nomi yaratish
Shart: Berilgan ism va familiyadan foydalanuvchi nomini yaratish kerak. Ismning birinchi harfi va familiya to‘liq kiritiladi, lekin barcha harflar kichik bo‘lishi kerak (masalan, "Ali Valiyev" -> "avaliyev").
