14.05.2024 05:05

Oʻquvchi almashish dasturi


 

Ijod maktabi o'quvchilarini viloyatimizning ajdodlar tarixi, madaniy merosi va muzeylari bilan tanishtirish maqsadida ziyoratgoh majmualariga sayohatlar tashkil etilmoqda... 

✅Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 9-“A” sinf o‘quvchilari, Ogahiy va Halima Xudoybediyeva  nomidagi ijod maktablari o‘quvchilari mashg‘ulotlardan soʻng Fargʻona viloyati tarixi va madaniyati davlat oʻlkashunoslik muzeyiga va Erkin Vohidov memorial muzeyiga sayohat qilishdi.  

?Muzeylar tariximizni oʻrganishga, kechagi va bugungi hayotni taqqoslab, jamiyatimiz taraqqiyoti haqida toʻgʻri xulosa chiqarishga xizmat qiladi.