Skip to main content

News

110th anniversary of the birth of Zulfiya Isroilova

Published:

Segments

6-noyabr kuni Anqara şahridagi Turkiya Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasida uşbu kitoblarning taqdimoti bölib ötdi.

✏️Erkin Vohidovning “Söz latofati” va Abdulla Oripovning “Saylanma” kitoblari endi turkiyalik kitobxonlar uçun ham oçiq. Bu naşrlar orqali ular özbek şe’riyati va adabiyotining öziga xos jihatlari bilan yaqindan tanişiş imkoniga ega böladi.

Tadbirda TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayev, Özbekistonning Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elçisi Ilhom Haydarov, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisining birinçi örinbosari Minhojiddin Hojimatov, rais örinbosari Ğayrat Majid, Özbekiston xalq şoiri Usmon Azim, Turkiyadagi Çingiz Aytmatov instituti rahbari Ilyos Topsakal, diplomatik korpus va xalqaro taşkilotlar vakillari, şoirlarning oila a’zolari, olimlar va adabiyot ixlosmandlari iştirok etdi.

Taqdimot davomida şoirlarning hayot yöli va ijodiy merosi aks etgan videolavhalar ham namoyiş etildi.

Kitoblarni turk tiliga tarjima qiliş va naşrga tayyorlaşda özbekistonlik hamda turkiyalik mutaxassislar birgalikda işladi. Har ikki naşrga Özbekistonning TURKSOYdagi vakili Şavkat Ortiqov mas’ul böldi.

✏️Erkin Vohidov asarini Avazxon Umarov va Jihangir Demir, Abdulla Oripov “Saylanma”sini esa Xayrulla Hamidov, Ma’rufjon Yöldoşev, Huseyin Baydemir, Saidbek Boltaboyev, Avazxon Umarov va Hulya Ergene tarjima qilgan.

Photo gallery